1

MFaktor loyihasi asoschilaridan biri Husan Mamasaidov bilan uchrashuv hamda mahorat darsi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 21 sentabr kuni «Biznesda muvaffaqiyat va mag’lubiyat omillari» mavzusi doirasida taniqli tadbirkor, MFaktor loyihasi asoschilaridan biri , biznes faoliyatida yuqori muvaffaqiyatlarga erisha olgan motivator Husan Mamasaidov bilan uchrashuv hamda mahorat darsi bo’lib o’tdi.
Mahorat darsidada, Olmazor tumani hokimi Azizxon Umarxonov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha hokim o’rinbosari, tuman tadbirkorlari, Chimboy mahalla faollari hamda universitet talabalari ishtirok etdilar
Mehmon sifatida tashrif buyurgan, yurtimizdagi ko’zga ko’ringan va muvaffaqiyatga erishgan tadbirkor, Dekos.uz va Deli.uz kompaniyalari, shuningdek, “M factor” loyihasi asoschilaridan biri Husan Mamasaidov, tadbir davomida , biznesda qanday qiyinchiliklarga duch kelganliklari, biznesda qo’llaniladigan vositalar, oilaviy biznesda manfaatlar muvozanatini saqlash va boshqa ko’p ma’lumotlar haqida gapirib berdilar. Shuningdek, motivator sifatida o’z ishlarini samarali rejalashtirish bo’yicha amaliy maslahatlar berdilar.